Shahzoda - Layli va Majnun II qo`shiq matni

Qalbim notinch, seni sog’indim,
Yuragimda istirob.
Yasholmayman birga bo’lmasak,
Sog’inch berar azob.

Seni tanladim baxtim deya,
Adashmadi tanlab taqdir.
Orzularimda, xayollarimda,
Yo’qdir o’zga, bo’lak.

Men Layli-Layli, sen esa Majnun,
Nega sehrli ko’zlaring mahzun?
Xayol og’usi, tushlar oroli,
Sening sevgingla
Sening sevgingla borman. (x2)

O’rtamizda masofalarni
Sevgi yuvib ketar,
O, bu so’zlar qanchalik shirin,
Sog’inch azob berar.

Visolingga doim boqsam,
Baxtliligim his etaman.
Yomg’ir misoli, dengiz shamoli,
Uchib borsam yoningga, yoningga.

Men Layli-Layli, sen esa Majnun,
Nega sehrli ko’zlaring mahzun?
Xayol og’usi, tushlar oroli,
Sening sevgingla
Sening sevgingla borman. (x2)

(Men Layli-Layli, sen esa Majnun… (x2))

Men Layli-Layli, sen esa Majnun,
Nega sehrli ko’zlaring mahzun?
Xayol og’usi, tushlar oroli,
Sening sevgingla
Sening sevgingla borman. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]