Shahzoda - Oyijon-adajon qo`shiq matni

Men uni uchratdim,
Xayolim parishon.
Yo`q kechalar uyqu,
Hayajonim osmon.

Qanday qilib aytay,
Sizlarga oyijon?
Halovat yo`qoldi,
U men kutgan inson.

Aziz oyijon,
Baxtimga bo`ling omon,
Sevib qoldim adajon,
Bering menga fotiha.

Sizdir oyijon,
Dunyoda eng mehribon.
Sevib qoldim adajon,
Bering menga fotiha.

Ishonmas edim hech
Dugonalar aytsa,
Ishonar ekansan
O`z boshingdan o`tsa.

Men baxtimni topdim,
Rozilik bersangiz.
Mening baxtim uchun
Duoda bo`lsangiz.

Aziz oyijon,
Baxtimga bo`ling omon,
Sevib qoldim adajon,
Bering menga fotiha.

Sizdir oyijon,
Dunyoda eng mehribon.
Sevib qoldim adajon,
Bering menga fotiha.

Aziz oyijon,
Baxtimga bo`ling omon,
Sevib qoldim adajon,
Bering menga fotiha.
Sizdir oyijon,
Dunyoda eng mehribon.
Sevib qoldim adajon-jon-jon… (x2)

Sevib qoldim adajon…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]