Shahzoda - Qarama ko`zlarimga qo`shiq matni
Qarama ko`zlarimga, tinglama so`zlarimni,
Endi hech narsa kerakmas menga.
Bugun yolg`izlik menga afzalroq, aytsam senga,
Hamma narsadan men charchaganman.
Qani endi bu kun o`tsa, unutsam seni,
Yurakdan yulib tashlasam bu sevgini.
Qanday endi bu azoblardan ozod etsam,
Men yuragimni, men yuragimni.
Ketarman men yoningdan, yurak esa azobdan
Qiynalar yana, qiynalar yana.
Nechanchi bor o`zgardi yuragimda tuyg`ular,
So`ramay mendan, so`ramay mendan.
Qani endi bu kun o`tsa, unutsam seni,
Yurakdan yulib tashlasam bu sevgini.
Qanday endi bu azoblardan ozod etsam,
Men yuragimni, men yuragimni. (x1+x1)
Читать также
Комментарии (0)