Shahzoda - Qaynona qo`shiq matni
Qani vaqti keldi, do`stlar o`ynang endi,
Kelin farishtadek nur sochib keldi.
Qani birdam bo`lib, hamma to`yga endi,
Kelin farishtadek nur sochib keldi.
Mahallada duv-duv gap – kelibdi sovchilar,
Ko`chamizdagi go`zalni so`rab kelibdilar.
Sarpalar yig`ildi, sindirildi non,
Endi fayzli uyga kelin yarashar.
Qani vaqti keldi, do`stlar o`ynang endi,
Kelin farishtadek nur sochib keldi.
Qani birdam bo`lib, hamma to`yga endi,
Kelin farishtadek…
Qaynona-ona, ona, bu qiz bizda bir dona,
Berib bor mehrini u bo`ladi parvona.
Oh qaynona, ona, bu kelin yagona,
Hech ayamay o`zini u bo`ladi parvona.
Duv-duv gap tarqaldi, bo`ldi hammaga ma`lum,
Kuyov onasining ko`zlari maftun.
Kelin olib keldi fayzu-baraka,
Mahallamizda gaplar shunaqa.
Qani vaqti keldi, do`stlar o`ynang endi,
Kelin farishtadek nur sochib keldi.
Qani birdam bo`lib, hamma to`yga endi,
Kelin farishtadek…
Qaynona-ona, ona, bu qiz bizda bir dona,
Berib bor mehrini u bo`ladi parvona.
Oh qaynona, ona, bu kelin yagona,
Hech ayamay o`zini u bo`ladi parvona. (x2)