Shahzoda - Sen menga kerak qo`shiq matni

Yana seni eslatar
Yog`ayotgan yomg`irlar,
Tomchilar tinmay qalbim yaralar,
Takror berar savollar:
Ayb menda? Ayb kimda?
Farqi bormi senga?
Sarsondir tuyg`ular o`rtada.

Qiynalar bu yurak,
Sog`inchdan bir tilak –
Qani endi seni bir ko`rsam,
Jonginam, sen menga kerak.
Sog`inchda bu yurak,
Qolgan bitta tilak –
Qani endi seni bir ko`rsam,
Jonginam, sen menga kerak.
Jonginam. Jonginam, jonginam.

Nahot yo`q baxtli onlar,
Qani endi va`dalar?
Izlayman javobin qaydan endi?
Shunga o`xshash savollar.
Ayb senda? Ayb kimda?
Balki ayb o`zimda?
Jonginam, keraksan sen menga.

Qiynalar bu yurak,
Sog`inchdan bir tilak –
Qani endi seni bir ko`rsam,
Jonginam, sen menga kerak.
Sog`inchda bu yurak,
Qolgan bitta tilak –
Qani endi seni bir ko`rsam,
Jonginam, sen menga kerak.
Jonginam… (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]