Shahzoda - To’rt qadam qo`shiq matni
Sog`inchim o`zing, jonim bilasanmu,
Mehrim senda, jonim sezasanmu?
Seni ko`rgim keladi dunyoda
Yakka o`zimniki degim keladi.
To`rt qadam qoladi yetishga senga,
To`rt qadam qoladi yetishga menga,
Lekin chekinamiz nega orqaga,
Qo`rqamizmi baxtli bo`lishga?
Nega ishonmayman o`zimga,
Nega ishonmaysan o`zingga?
Axir balki, bu taqdir,
Taqdir balki, bu axir.
Ko`z yoshlarim tomadi tim-tim,
Qalbim eziladi sen bo`lmasa kim?
Kim senchalar sevadi meni,
Kim menchalar asraydi seni, seni?
Unutishga intildim seni, jonim,
Unutishga intilding meni, zorim.
Ma`no bormi, qalbimiz vayron axir,
Ayriliq azobi qanchalik og`ir.
To`rt qadam qoladi yetishga senga,
To`rt qadam qoladi yetishga menga,
Lekin chekinamiz nega orqaga,
Qo`rqamizmi baxtli bo`lishga?
Nega ishonmayman o`zimga,
Nega ishonmaysan o`zingga?
Axir balki, bu taqdir,
Taqdir balki, bu axir.
Ko`z yoshlarim tomadi tim-tim,
Qalbim eziladi sen bo`lmasa kim?
Kim senchalar sevadi meni,
Kim menchalar asraydi seni, seni?
Nega ishonmayman o`zimga,
Nega ishonmaysan o`zingga?
Axir balki, bu taqdir,
Taqdir balki, bu axir.
Ko`z yoshlarim tomadi tim-tim,
Qalbim eziladi sen bo`lmasa kim?
Kim senchalar sevadi meni,
Kim menchalar asraydi seni, seni?