Shahzoda - Xayollarim qo`shiq matni

Sahroda yellar unsiz esadi,
Samoda oy ham yolg`iz kezadi,
Kuzgi barglarni yomg`ir uzganda
Sog`inib yurak seni izladi.

Xayollarim shoshilar senga,
Xayollarim talpinadi bir o`zingga,
Kechalari ko`kda yulduzlar,
Har biri o`z baxtini izlar,
Xayollarim olib ketar o`zimni senga.

Hayot o`tarkan cheksiz yo`llardan,
Yashil bog`lardan, gohi cho`llardan,
Meni bir zumga yolg`iz qoldirma,
Sensiz ko`z yoshim qolar gullarda.

Xayollarim shoshilar senga,
Xayollarim talpinadi bir o`zingga,
Kechalari ko`kda yulduzlar,
Har biri o`z baxtini izlar,
Xayollarim olib ketar o`zimni senga.

Sevinchga to`lar dunyo sen bilan,
Baxtim, taqdirim, sevgim ham sen bilan.

Xayollarim shoshilar senga,
Xayollarim talpinadi bir o`zingga,
Kechalari ko`kda yulduzlar,
Har biri o`z baxtini izlar,
Xayollarim olib ketar o`zimni senga.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]