Shahzoda - Yoqasan qo`shiq matni

Ko`zlaring, so`zlaring yoqar menga,
Yoqar menga.
Tunu kun xayolim faqat senda,
Yolg`iz senda.

Ko`zlaring, so`zlaring kerak menga,
Yuragimga.
Har doim bo`lsaydim yoningda.
(Sen bilan har doim)

Yoqasan oy bo`lib menga,
Termulib tunlar ko`zimga,
Yoqasan nur solib yana qalbimga.
Aylading yuragim bemor,
Tunu kun xayolingga zor,
Sog`intirma berib ozor, sevgilim.

Ko`zlaring hayotim sehrlar,
Asir aylar.
So`zlaring qalbimga olov solar,
Olov solar.

Betakror bu damlar,
Sen ila baxtga to`lar.
Yuragim sevgingsiz qiynalar.

Yoqasan oy bo`lib menga,
Termulib tunlar ko`zimga,
Yoqasan nur solib yana qalbimga.
Aylading yuragim bemor,
Tunu kun xayolingga zor,
Sog`intirma berib ozor, sevgilim.

Tovlanib, tovlanib,
Sening muhabbating mening ko`zlarimda,
Aylanib, aylanib,
To`lqin solar yana mening yuragimga.
(Mening yuragimga)

Yoqasan oy bo`lib menga,
Termulib tunlar ko`zimga,
Yoqasan nur solib yana qalbimga.
Aylading yuragim bemor,
Tunu kun xayolingga zor,
Sog`intirma berib ozor, sevgilim.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]