Tohir Sodiqov - Faqat isming qo`shiq matni
Jim-jit ko`chalarda men yursam,
Ko`zlarimga mening yomg`ir tomar.
Agar ko`zlarimni men yumsam,
Ko`z oldimga sening vasling kelar.
Mening jonim, qaylardasan bergin sado,
Vafodorim, seni izlab bo`ldim ado.
Faqat isming yangrar aqlimda,
Go`zal husning ko`zim oldida,
Har bir inson haqli sevishga,
Inson haqlidir jonim, baxtli bo`lishga. (x2)
Alvido deding qo`ling cho`zib,
Uchrashmaymiz endi hech qachon deb.
Qaramasdan ketding qayrilib,
Qoldim izlaringga ko`zim tikib.
Achinmading, mening holim o`ylamading,
Mening jonim, qaylardasan menga aytgin.
Faqat isming yangrar aqlimda,
Go`zal husning ko`zim oldida,
Har bir inson haqli sevishga,
Inson haqlidir jonim, baxtli bo`lishga. (x2)
Ko`m-ko`k osmon bulutlarga to`lsa edi bir on,
Men bilan qolsang, boshqa seni yo`qotmasdim,
Sen ishon, senga bu jon, aylasam edi fido.
Bo`lmasmidim men ado, seni deb,
Sen uchun, faqat seni deb jonginam.
Faqat isming yangrar aqlimda,
Go`zal husning ko`zim oldida,
Har bir inson haqli sevishga,
Inson haqlidir jonim, baxtli bo`lishga.