Tohir Sodiqov - O’zbekiston qo`shiq matni

Nimadan boshlanar biz uchun Vatan?
Ilk bor qo’yilgan qadamdan.
Balki oyijonim aytgan allasidan,
Otam ko’rsatgan yo’lidan.

Ozodlikdan, sofdillikdan,
Boshlanar hur O’zbekiston, O’zbekiston.

Kelajagi porloq vatan – mustaqil O’zbekiston,
Ozod Vatan, senda baxtli har bir inson.
Otam-onam mening suyangan tog’im,
O’zbekiston Vatanim.

Qanday sevaman men Vatanimni,
Ozod yurtim osmonini.
Tunlari shahrim nurlari uyqu bermaydi,
Zamonim olg’a chorlaydi.

Baxtim sig’mas o’z bag’rimga,
Chunki ozod yashar jonajon xalqim, mening xalqim.

Kelajagi porloq vatan – mustaqil O’zbekiston,
Ozod Vatan, senda baxtli har bir inson.
Otam-onam mening suyangan tog’im,
O’zbekiston Vatanim.

O’zbekistonim – mening g’ururim,
Ozod vatanim, jonajon xalqim.

Kelajagi porloq vatan – mustaqil O’zbekiston,
Ozod Vatan, senda baxtli har bir inson.
Otam-onam mening suyangan tog’im,
O’zbekiston Vatanim. (x4)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]