Tohir Sodiqov - Seni sog’indim qo`shiq matni

Qanday sensiz ma`nosiz kunim,
Qanday achinarli ahvolim,
Qanday shavqatsiz ekan
Mening taqdirim, nega aytgin jonim?

Sen bilib turib shoshma deysan,
Aytgin kutaman, yorim qancha?
Va`dalaring bilan aldaysan
Meni sen hali necha marta?

Kela olmaysan negadir sen
Yagona shartga, (kel sevgilim)
Bitta kunni sen o`zing tanla: (sog`indim, jonginam)
Kecha, bugun, erta, qachon?

Jonginam, seni sog`indim, seni sog`indim,
Asalim sog`indim, go`zalim sog`indim.
Kecha uxlamadim, bugun uxlamayman,
Men aniq bilaman, men seni sevaman. (x2)
Jonginam.

Mendagi qaysi hislat yo`qmadi, jonim?
Senga o`zi, yorim, kim kerak, yetmadi aqlim?
Axir qachonlardir tinch edi sevmasdan yurak,
Endi esa qalbimni o`rtaydi faqatgina bir istak.

Kela olmaysan negadir sen
Yagona shartga, (kel sevgilim)
Bitta kunni sen o`zing tanla: (sog`indim, jonginam)
Kecha, bugun, erta, qachon?

Jonginam, seni sog`indim, seni sog`indim,
Asalim sog`indim, go`zalim sog`indim.
Kecha uxlamadim, bugun uxlamayman,
Men aniq bilaman, men seni sevaman. (x4)
Jonginam.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]