Tohir Sodiqov - Sevaman qo`shiq matni

Necha bor sevmayman deb men o`zimga,
Shuncha bor adashdim boqib ko`zingga.
Yana sen, yana sening vasling aqlu-xayolimda,
Sen o`chmas yagona mavzuyimsan umrimda.

Shoirlikda yo`qdir ma`no, aniqdir yozganlarim,
Oddiyroqdir qo`shig`im ham, balki yoqmaydi.
Tasvirlashga so`zim yo`q, baholashga o`rin yo`q,
Orzu qilsam umid yo`q, o`zgarmasin hech narsa.

Sevaman, bu yetmaydi, bilaman,
Sevaman, ishonmaysan, bilaman.

Yodimda so`nggi qilgan xatolarim,
Sevgi yo`q, ishonmanglar deganlarim.
Endi-chi, tanirmi bu ahvolda meni do`stlarim?
Tushunar yoki kularmikinlar, bilmadim.

Go`yoki zanjirband qalbim endi sening mehringga,
Ko`rinmas kishanlar solgan ajib sehringga.
Ta`riflashga o`rin yo`q, baholashgachi sovrin yo`q,
Bundan o`zga chora yo`q, o`zgarmasin hech narsa.

Sevaman, bu yetmaydi, bilaman,
Sevaman, ishonmaysan, bilaman.

Nahot menmas, kimdir o`zga
Asalim deb, seni erkalasa?
Alamdaman, sen befarqsan,
Kim bilansan?

Sevaman, bu yetmaydi, bilaman,
Sevaman, ishonmaysan, bilaman. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]