Tohir Sodiqov - Shamol qo`shiq matni

Shamol, senga havas bilan intiladi qalbim,
Sendek ozod, sendek erkin bo`lolmaydi hech kim.
Kezarsan dunyo bo`ylab, bulutlarni haydab,
Yetti iqlimni romlab, nafasing bag`ishlab,
Baxtlilarga sen faqat.

Armon to`la qalbim yig`lar seni ko`rolmasdan,
Bilsam chindan, yolg`on ekan barcha haqiqatlar.
Baxtimiz bog`i xazon, ko`nglim bo`lgan vayron,
Izlab seni men sarson, nahot kechding oson?!
Chin orzu-sevgimizdan, jonginam.

Nega sevdim, nega yondim,
Kimni deb kuydim, ishondim kimga?
Boshimni egdim, ko`zyoshlar to`kdim,
Kimni deb, ayt axir, menga ayt, axir?

Nega sevdim, nega kuydim,
Kimni deb yondim, ishondim kimga?
Aqldan ozdim, yig`laydi qalbim,
Kimni deb, aytgin, nega haqiqat yo`q bu dunyoda, jonim?

Yurak notinch, yoningda kimdir bor axir sening,
Nafrat to`lar, rashkim yonib kul qiladi dilni.
Bilolmadim xatoyim, sevganimmi gunohim?
Intizor senga qalbim, sen eding bor-u yo`g`im,
Osmon, menga rahm qil, ayt axir?

Nega sevdim, nega yondim,
Kimni deb kuydim, ishondim kimga?
Boshimni egdim, ko`zyoshlar to`kdim,
Kimni deb, ayt axir, menga ayt, axir?
Nega sevdim, nega kuydim,
Kimni deb yondim, ishondim kimga?
Aqldan ozdim, yig`laydi qalbim,
Kimni deb, aytgin, nega haqiqat yo`q bu dunyoda, jonim? (x1+x1)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]