Shahzod guruhi - Senga qo'shiq matni

Meni bir zumga ham tashlab ketmagin,
Xayolim bo`lgin.
To tirik ekanman meni bor etgan
Nafasim bo`lgin.

Boqsam, ko`zim bo`lgin,
Aytgan so`zim bo`lgin,
Bir umr eng yaxshi istagim bo`lgin.
Boqsam, ko`zim bo`lgin,
Aytgan so`zim bo`lgin,
Ko`ksimdagi urgan yuragim bo`lgin.

Senga bo`lsin mening bu hayotim,
Qalbim seniki bo`lsin,
Dunyoda yolg`iz seni deb yashayman.
Senga bo`lsin toza muhabbatim,
Jismim seniki bo`lsin,
Dunyoda yolg`iz seni deb yashayman,
Mening sevgim.

Mening ko`zlarimni nurga to`ldirgan
Osmonim bo`lgin.
Yurgan yo`llarimni gulga to`ldirgan
Bo`stonim bo`lgin.

Baxtim bo`lgin mening,
Dardim bo`lgin mening,
Bir umr eng yaxshi istagim bo`lgin. (x2)

Senga bo`lsin mening bu hayotim,
Qalbim seniki bo`lsin,
Dunyoda yolg`iz seni deb yashayman.
Senga bo`lsin toza muhabbatim,
Jismim seniki bo`lsin,
Dunyoda yolg`iz seni deb yashayman, (x2)
Mening sevgim.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]