Shahlo Rustamova - Dard qo'shiq matni
Dardlar bor ekan, bu dunyo bir kam,
 Dardlar bor ekan, ohu ko`zlar nam.
 Aytgil ey tog`, dardingni yutdingmi?
 Men ham dardlarim yutib yashayman.
Orzularim jim, armonim so`zlaydi,
 Dilim yig`lab-yig`lab, tilim yog`on so`zlaydi. (x2)
 Bilmam endi kimni, endi kimni kutib yashayman,
 Men ham dardlarimni, dardlarimni yutib yashayman. (x2)
Yetgan yetdi yorining vasliga,
 Baxtim so`ndi kimlarning kasriga.
 Yo`llamayman sevgining qasriga,
 Undan uzoq o`tib yashayman.