Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Bojalar guruhi, Ziyoda - Talpinadi yuragim qo'shiq matni

Bojalar guruhi, Ziyoda - Talpinadi yuragim qo'shiq matni

[Ziyoda]
Seni qanday sevishimni
Aytolmay, yorim,
Azoblanar, qiynalar
Bu yurak madorim.

[Bojalar guruhi]
Sevgi nima? Dur tosh emas
Qirg`oqda yotar.
O`yin qaror foyda bermas
Mening qalbimga.

[Bojalar guruhi va Ziyoda]
Talpinadi yuragim
Faqat sen tomonga,
Tunlari yorug` aylatgan
Yulduzim mani. (x2)

[Ziyoda]
Seni ko`rsam, jonim, o`zim
Parvoz etaman.
Agar ko`rmay qolsam bir zum,
Azob chekaman.

[Bojalar guruhi]
Ko`zlaring seni namlanadi
Erka so`zimdan,
Yuraging qayg`u, alamda yonar
Yomon so`zimdan.

[Bojalar guruhi va Ziyoda]
Talpinadi yuragim
Faqat sen tomonga,
Tunlari yorug` aylatgan
Yulduzim mani. (x2)

[Bojalar – Mo`min Oripov]
Sevgi nima? Sen o`ylama yomon deb,
Quloq solgin, yuraging yuragi tomon.
Kech bo`lmasdan sevgi sari yetib olish kerak,
Yetib olish kerak o`z yori tomon. Xullas:

Sevgi nima? Sen o`ylama yomon,
Quloq solgin, yuraging yuragi tomon.
Kech bo`lmasdan sevgi sari yetib olish kerak,
Yetib ol o`z yoring tomon.

[Ziyoda]
Talpinadi yuragim
Faqat sen tomonga.
[Bojalar guruhi]
Tunlari yorug` aylatgan
Yulduzim mani. (x2)

[Bojalar guruhi va Ziyoda]
Talpinadi yuragim
Faqat sen tomonga,
Tunlari yorug` aylatgan
Yulduzim mani. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]