Sur'at Islomov - Hindistoncha muhabbat qo'shiq matni

Hindistoncha muhabbatni havas qiladi ulari,
Barcha kunimiz yoshlari, aqli raso beboshlari.
Film qahramonini zamon qizlar sevishadi yomon,
To`kilar u deb yoshlari, changallashadi boshlari.

Yomon qahramoni tomon
Otiladi dashnom har on,
Nafratidan qolmas omon.
Qiz kutadi umri bo`yi,
Yigitning ham bo`lmas to`yi,
Kuylashadi...

O`zbekona muhabbatdan, qo`ymasin sharqiy odatdan,
Ota rozi, ona rozi va albatta Xudo rozi.
Uy to`ladi sovchi kelib, ketar qizni oqqa belab,
Xola rozi, amma rozi va albatta hamma rozi.

Sevgi tarixida omon
Qolmagan birorta yomon,
Ishoning, emasdir yolg`on.
O`zbeklar oshni ulashib,
Hindlar bir-birin quvlashib,
Kuylashadi...

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]