Botir Qodirov - Yor yonimda qol qo'shiq matni

Bir nazar sol, yig`lar zorlarim,
Aqlu-hushim o`g`irlagan go`zal qalam qosh.
Qachon kelar, deb qiynaydi sog`inch so`rog`i,
Ey azobim, iztirobim, jonning qiynog`i.

O-ey, kecha-kunimning fayzi tark etdi nahot?
Sensiz hayot emas, naf bu hayot.
Qandoq chidar ekan bunga odamzod, {x2}
Ne qilay, ayt, ne qilay, ayt, qolmadi bardosh.

Seni sevmoq, sog`inmoqdan yo`q o`zga iloj,
Qachon kelar, deb qiynaydi sog`inch so`rog`i,
Ey azobim, iztirobim, jonning qiynog`i.

Janon yonida har bir onida,
Yor yonida har imkonida,
Yor yonida hech ayrilmasin
Yor, yor yonida bo`lsin jonida.

Ozorlari ortadir yolvorgan sari,
Firoq azobin tortadir dil borgan sari.
Kelmaydi, olisda yurar ko`zlardan nari,
Oh, yolvorgan sari.

Xonumonim ol dedim, yonimda qol dedim,
Har bir so`zingni bol dedim, yor.
Yomon-da ahvolim dedim, nazarda sol dedim,
Yor, yonimda qol dedim.

Voh, ichimda bir cho`g` bor,
Kuydiradi beayov.
Oh, tunim qilma abgor,
Man g`aribga bo`l ayov.
Yonarman hajringda lov-lov, o-oh, yor.

Yondi-kuydi jonim-ey, orazi armonim-ey,
Yondi-kuydi jonim-ey, voy dod-ey.

Xonumonim ol dedim, yonimda qol dedim,
Har bir so`zingni bol dedim, yor.
Yomon-da ahvolim dedim, nazarga sol dedim,
Yor, yonimda qol dedim.

Oh, yor...

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]