Shahboz Nuraliyev - Maftun qo'shiq matni
Aytgin, qanday so`zlar yuraging yumshatar,
 Yana qancha sevay, ayt?
 Umrimni berganman, seni deb yasharman,
 Muhabbatim kammi, ayt?
Ketarsan unut deb, chekinib har safar,
 Unutolmasam netay?
 Yo`qlamaysan nega, zarurmasman balki,
 Endi keragim yo`qday.
Maftun etib o`zing, endi turma jim,
 Jonim, jim.
 Maftun etib o`zing, endi turma jim,
 Sog`indim.
Ko`zlaringning ortida, ayt, nima berkinar?
 Nima berkinar, nima berkinar?
 Chekinishga, voz kechishga ne majbur qilar,
 Ne majbur qilar, ne majbur qilar?
Ketarsan unut deb, chekinib har safar,
 Unutolmasam netay?
 Yo`qlamaysan nega, zarurmasman balki,
 Endi keragim yo`qday.
Maftun etib o`zing, endi turma jim,
 Jonim, jim.
 Maftun etib o`zing, endi turma jim,
 Sog`indim.
Читать также 
				Комментарии (0)
				
