Mahmud Namozov - Oq tulpor qo'shiq matni
Oq tulporim bor edi,
 Beklar unga zor edi, (x2)
 Ot demasman, u menga
 Ham do`stu ham yor edi.
Yolin o`psam tiz cho`kib,
 Tizzamdan suv ichardi.
 Chuh, desam yer changitib,
 Osmonlarga uchardi. (x2)
Oq tulporim bor edi-ey,
 Beklar unga zor edi. (x2)
Hovlimizda bir oqshom
 Qarindoshlar to`lishdi,
 To`y bahona otimdan
 Ayirmoqchi bo`lishdi.
Otam: yigitsan, o`g`lim,
 Uylanmasang or, dedi.
 Qiz yarashar quchoqqa,
 Otga nima bor, dedi.
Oq tulporim bor edi-ey,
 Beklar unga zor edi. (x2)
 Ot demasman, u menga
 Ham do`stu ham yor edi.
Otxonadan boshlandi
 Yor uyiga yo`lakcha.
 Kechir, yorim, ne qilay,
 Otga mehrim bo`lakcha.
Qoldim ikki o`t aro –
 Go`shangada dildorim.
 Kelin kelgan kechadan
 Arazladi tulporim.
Bormi bizday oshiqlar
 Bahorimda kuz yig`lar.
 Qizni quchsam, ot yig`lar,
 Otni quchsam, qiz yig`lar.
Bir bor o`psam xotinni,
 Uch bor o`pdim otimni.
 Jonim qaqshab yasharman,
 Kimga aytay dodimni?
Oq tulporim bor edi-ey,
 Beklar unga zor edi.
 Ot demasman, u menga
 Ham do`stu ham yor edi. (x3)
Yordan kechdim otni deb,
 Elga bo`ldim ermaklar. (x2)
 Qaydan bilsin ot qadrin
 Ot minmagan erkaklar.

