Shohsanam - Kechalar qo'shiq matni
Uchib yurgan bir qush edim,
 Qirqildi, oh, qanotlarim.
 Hijronlarda zor charchadim,
 Lim-lim to`ldi, sabotlarim.
Ko`zlarimdan to`kiladi
 Ayriliqning ko`z yoshlari.
 Uziladi sensiz, jonim,
 Yuragimning, oh, bardoshlari.
Kechalar bedor, hasratlarim bedor,
 Yurakkinam bemor, kelmading bir bor.
 Kechalar bedor, hasratlarim bedor,
 Yurakkinam bemor, kelmading bir bor.
Xazon tushar ishq bog`iga,
 Bir chora yo`q dil dog`iga,
 Chidolmaydi endi ko`nglim
 Ayriliqning qiynog`iga.
Ko`zlarimdan to`kiladi
 Ayriliqning ko`z yoshlari.
 Uziladi sensiz, jonim,
 Yuragimning, oh, bardoshlari.
Kechalar bedor, hasratlarim bedor,
 Yurakkinam bemor, kelmading bir bor.
 Kechalar bedor, hasratlarim bedor,
 Yurakkinam bemor, kelmading bir bor.
Ko`zlarimdan to`kiladi
 Ayriliqning ko`z yoshlari.
 Uziladi sensiz, jonim,
 Yuragimning, oh, bardoshlari.
Kechalar bedor, hasratlarim bedor,
 Yurakkinam bemor, kelmading bir bor.
 Kechalar bedor, hasratlarim bedor,
 Yurakkinam bemor, kelmading bir bor.

