Yulduz Usmonova - Alla qo'shiq matni

Muhabbatdan yaralganlarim,
Alla, bolajonlarim, alla.
Bor boyligim, ko`ngil zarlarim,
Alla, bolajonlarim, alla.

Biringiz gul, biringiz bulbul,
Sizga boqsam, jonimga huzur.
Xudoyimga behisob shukur-ey,
Alla, bolajonlarim, alla.

Siz jismimga, jonimga ustun,
Bir onaman, men bag`ri butun.
Mehrim tumor bo`lsin siz uchun,
Alla, bolajonlarim, alla.

Mehrim tumor bo`lsin siz uchun,
Alla, bolajonlarim, alla.

Ulg`ayingiz yurt so`rab yashab,
Elingizga baxt tilab yashab.
Yaxshilar ko`p, ularga o`xshang-ey,
Alla, bolajonlarim, alla.

Jonimdagi jonlarim, alla,
Tishimdagi donlarim, alla,
Xudo bergan durdonalarim,
Boqiy baxtim, shonlarim, alla.

Muhabbatdan yaralganlarim,
Alla, bolajonlarim, alla.

Xudo bergan omonatlarim-ey,
Alla-yo, alla.
Xazon bo`lmay katta bo`linglar-ey,
Alla-yo, alla. {x2}

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]