Shohruz - Soyaman qo'shiq matni
Qanchalar og`ir sani o`zga bilan ko`rish,
 Qanchalar qiyin ko`nglimdan yulish.
 O`zgasi ko`nglimga sig`maydi,
 San tushunmaysan buni.
Yigit boshim egilmasin deb,
 G`ururim sinmasin deb,
 Endi ketaman,
 San tushunmaysan buni.
Hech kutmagandim o`z sevgilimdan,
 Qilmishlaringdan yomon dilim og`ridi.
 Yo`llarimni to`sma, axir sevmaysan,
 Shunchaki, o`rganib qolgansan.
Ana baxtga yetdim, deganda,
 Umr yo`ldoshimni topdim, deganda,
 Axir nuqta qo`yding o`zga bilan.
 Ana baxtga yetdim, deganda,
 Umr yo`ldoshimni topdim, deganda,
 Axir oson emas uni o`zga bilan ko`rish.
Man yo`llaringda soyaman,
 Ko`zlaringdagi tomchi.
 Bilaman, hozir sog`inmayapsan,
 Lekin hali afsuslanasan.
Bilaman, hozir oson emas,
 Bu o`zimas yoki kerakmas.
 Sansizlik dardi,
 Lekin albat unutaman.
Man yo`llaringda soyaman,
 Ko`zlaringdagi tomchi.
 Bilaman, hozir sog`inmayapsan,
 Lekin bir kun afsuslanasan.
Bilaman, hozir oson emas,
 O`zi emas,
 Sansizlik dardi,
 Lekin albat unutaman, unutaman!
Ana baxtga yetdim, deganda,
 Umr yo`ldoshimni topdim, deganda,
 Axir nuqta qo`yding o`zga bilan.
 Ana baxtga yetdim, deganda,
 Umr yo`ldoshimni topdim, deganda,
 Axir oson emas uni o`zga bilan ko`rish.

