Ravshan Komilov - Qarab-qarab qo'shiq matni
Ko`ylagi jimjimador,
Yoqasida guli bor. (x2)
O`zi bir sho`x qizgina,
Yuzida kulgichi bor.
Qarab-qarab qo`ygan qiz,
Qarab kimni suygan qiz,
Men uchun yagona qiz. (x2)
Qoshlari qayrilmadir,
Kiprigi ayrilmadir, (x2)
Ko`zlari gulg`uncha-yu,
Layli jonim shundadir.
Qarab-qarab qo`ygan qiz,
Qarab kimni suygan qiz,
Men uchun yagona qiz. (x2)
Bo`ylari kichikkina,
So`zlari chuchukkina, (x2)
Uchrashib qolganda ham
So`z demas tuzukkina.
Qarab-qarab qo`ygan qiz,
Qarab kimni suygan qiz,
Men uchun yagona qiz. (x4)
Читать также
Комментарии (0)