Ziyoda - Hay lali qo'shiq matni

Bilmayman, bilmayman xayoling kimda,
Buni men o`ylayman kecha-kunduzda.
Qalbingda har doim yolg`izing bo`lsam,
Men bilan hayoting to`lar nurlarga,
Jonginam, yuraging qolmas armonda.

Hay lali, hay lali,
Sen Majnun va men Layli,
Ikkimiz dunyoda doim birga bo`laylik.
Hay lali, hay lali,
Sen Majnun va men Layli,
Sevgimiz bag`rida, jonim, baxtli bo`laylik.

Sezaman sog`insang kechalar takror,
Yulduzlar sanasang bo`lib intizor.
Lekin hech bilmayman, ko`ngil istaging,
Qalbingda sevgimdan boshqa nelar bor,
Yolg`iz men bo`laman senga beozor.

Hay lali, hay lali,
Sen Majnun va men Layli,
Ikkimiz dunyoda doim birga bo`laylik.
Hay lali, hay lali,
Sen Majnun va men Layli,
Sevgimiz bag`rida, jonim, baxtli bo`laylik.

Hay lali, yey... Hay lali, yey... {x2}

Hay lali, hay lali,
Sen Majnun va men Layli,
Ikkimiz dunyoda doim birga bo`laylik.
Hay lali, hay lali,
Sen Majnun va men Layli,
Sevgimiz bag`rida, jonim, baxtli bo`laylik.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]