Ummon - Sog'inganim mani qo'shiq matni
Qorong`u tun, shahar, mashinalar shovqini
Yoqmaydi ko`ngilga.
Tong sahar sani o`ylab boshlanadi,
O`xshaysan zaharga!
Xazon bo`lib to`kildi, asta-sekin sarg`aydi
Oramizdagi muhabbat.
Sensiz nafas bo`g`ildi, tunlar yulduz sanab o`tdim,
Kutib yolg`iz seni.
Yiroqlab ketdi u, endi qaytmas ekan-ku,
Jonim, sado yubor men tomon bir bor.
Sog`inmay qo`ydi u, yurak shundoq sezarku,
Sog`inganim mani. (x2)
Osmon bulut, yomg`ir yog`ar kechayu-kun
Derazam ortida.
Sensiz sovuq, iliq qo`llaring yetishmaydi
Bugun yonimda.
Derazamdagi tomchilar ko`ngil yoshimga o`xshar,
Birgalashib yig`laydi.
Sog`inch bag`rimni ezar, balki bir kun qaytib kelar,
Deb adashdim, kelmaydi!
Yiroqlab ketdi u, endi qaytmas ekan-ku,
Jonim, sado yubor men tomon bir bor.
Sog`inmay qo`ydi u, yurak shundoq sezarku,
Sog`inganim mani. (x2)