Ummon - Kelmasa malol qo'shiq matni
Kelmasa malol,
Kel yonimga bir bor.
Qo`llaringdan tutay,
Sog`inchimni yengay.
Kelmasa malol,
Qil qayta baxtli.
Yo`qliging tufayli
Yemay qo`ydim deyarli.
Avval sezilmadi,
Sekin-asta boshladi,
Talpinib sen tomonga,
Hislar sen tomonga.
Avval ezilmadim,
Har xil yo`llar izladim.
Lek afsus topolmadim,
Seni unutolmadim.
Ko`zlaringdaman derding meni,
So`zlaringdaman derding meni,
Qaysi qilgan aybim uchun
Yonimda yo`qsan bugun?
Aybim bo`lsa, yuzimga
Nega javob yozmay qo`yding, ayt?
Nega o`zgarib ketding,
O`zgalarga ketding?
Kelmasa malol,
Esla meni bir bor.
Sen eslagan tuni
Tushimga kirgin takror-takror.
Agar kelsa malol,
Unda hammasi tamom.
Hammasi yolg`on,
Bir umrga menga
Bo`lib qolding armon.
Tunlar uni o`yladim,
U esa o`ylamadi.
Tushlarimda kutardim,
U esa bir kelmadi.
Nahotki sog`inmadi mani?
Ko`zlaringdaman derding meni,
So`zlaringdaman derding meni,
Qaysi qilgan aybim uchun
Yonimda yo`qsan bugun?
Aybim bo`lsa, yuzimga
Nega javob yozmay qo`yding, ayt?
Nega o`zgarib ketding,
O`zgalarga ketding?