Yulduz Usmonova - Jon qizlarjon janon ayollar qo'shiq matni
Taqdirmi yo hayot o`yini,
Yana ezdi dilni xayollar.
Taratadi chetda bo`yini
Ayrim qizlar, ayrim ayollar.
Turkman qizdan rashklar qildim men,
Qopingizga g`ashlar qildim men,
Qadringizni Arshgda bildim men,
Jon ayollar, janon ayollar.
Qadringizni Arshgda bildim men,
Jon qizlarjon, janon ayollar.
Qasam edi hayo nomiga,
Qo`l yetmasdi baland tomiga,
Qaydan tushdi nafsning domiga
Bizning qizlar, bizning ayollar?
O`zimizga, o`zlikka qayting,
Oftobdek sof yuzlikka qayting,
Dardingizni o`zbekka ayting,
Jon ayollar, janon ayollar.
Or-nomusni keltirmang dodga,
Vatan nomin qo`ymang isnodga,
Ermak bo`lmang o`zbekdan yotga,
Jon ayollar, janon ayollar.
Ermak bo`lmang o`zbekdan yotga,
Jon ayollar, janon ayollar.
Ishq-vafoning taxti siz bilan,
Millat ko`rki, ahdi siz bilan,
Er-yigitning baxti siz bilan,
Ey, jon qizlarjon, janon ayollar.
To`marislar axir o`zingiz,
Kumushbibi sizning qizingiz,
Jannat bo`lsin bosgan izingiz,
Jon qizlarjon, janon ayollar.
Sizni ko`rib dunyo lol qolsin,
Havas qilib, sovchilar solsin,
Dardingizni o`zbegim olsin,
Jon qizlarjon, janon ayollar.
Dardingizni o`zbegim olsin,
Jon qizlarjon, janon ayollar.
Ermak bo`lmang o`zbekdan yotga,
Jon ayollar, janon ayollar.
Havas qilib, sovchilar solsin,
Jon ayollar, janon ayollar.