Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Tohir Mahkamov - Tikka turib o'lganim bo'lsin qo'shiq matni

Tohir Mahkamov - Tikka turib o'lganim bo'lsin qo'shiq matni

[Monolog]
Vaqt! Uning dastidan dunyo dod deydi. U oliy hakam.
Men yana siz bilan. Vaqt o`tayapti. Inson o`zi shunaqa:
Doim yo`qotganiga qayg`uradi, topganlari tog`risida esa sira o`ylab ko`rmaydi.
Gunohlardan holi bo`lmagan oddiy odam sifatida kimnidir xafa qildim,
kimlarnidir xursand. Kimnidir yo`qotdim, kimlarnidir topdim.
Kimdir, kimdir meni kechirmadi. Kimlar esa aksincha.
Hammasiga jarohat ham, malham ham bu – vaqt.
Ulug` bobomiz Sa'diy Sheroziy shunday degan ekan:

Tun bo`yi bemorga yig`lab bir odam,
Tongda o`lib qoldi, bemor-chi bardam.
Qanchalar chopqir ot jon taslim etdi,
Cho`loq eshak esa manzilga yetdi...

Shundan asrasin. Nima bo`lganda ham sizlarni yaxshi ko`raman.
Topganlarim ichida men uchun eng qadrlisi bu – sizlar.
Va men sizlar bilan baxtliman!

Dunyo, senga bitta o`tinchim:
Hech yo`q bir bor omadim kulsin.
Nomardga bosh egkandan ko`ra
Tikka turib o`lganim bo`lsin.

Nomardga bosh egkandan ko`ra
Tikka turib o`lganim bo`lsin.

Izlab-izlab topganlarim – dard,
Insonlaring shaytonga ulfat,
Topolmasam bitta do`stu mard,
Tikka turib o`lganim bo`lsin.

Topolmasam bitta do`stu mard,
Tikka turib o`lganim bo`lsin.

Yig`layverma yig`loqi ko`nglim,
Bizning dardni anglamas hech kim,
Mard bo`l, kulib kelsa ham o`lim,
Tikka turib o`lganim bo`lsin.

Mard bo`l, kulib kelsa ham o`lim,
Tikka turib o`lganim bo`lsin.

Sherman, deydi sherligi yo`qlar,
Zo`rman, deydi erligi yo`qlar,
Yashasa gar zo`r bo`lib ular,
Tikka turib o`lganim bo`lsin.

Yashasa gar zo`r bo`lib ular,
Tikka turib o`lganim bo`lsin.

Akalar ko`p, akalar bisyor,
Biri ayyor, birisi xushyor,
Tanim g`ajib tashlashga tayyor,
Tikka turib o`lganim bo`lsin.

Ko`rib to`ydim sitamlaringni,
Butlolmadim hech kamlaringni,
Yelkamga qo`y bor g`amlaringni,
Tikka turib o`lganim bo`lsin.

Yelkamga qo`y bor g`amlaringni,
Tikka turib o`lganim bo`lsin. {x3}

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]