Doniyor Fayz - Sevib qoldim qo'shiq matni

Sen ko`kdagi oqqushmiding,
Yodda qolgan bir tushmiding? (x2)
Yoki go`zal Kumushmiding-ey,
Ko`zlaringni sevib qoldim.

Bog`imdagi oq gulimsan,
Qora sochi sumbulimsan,
Yo sayragan bulbulmisan,
Sozlaringni sevib qoldim. (x2)

Endi meni ko`p zor etma,
Xayolimdan bir zum ketma, (x2)
Hijron o`tin yoqib o`tma,
Nozlaringni sevib qoldim. (x2)

Bag`rim bugun otash bo`lur,
Kelmas bo`lsang, bir tosh bo`lur,
Yanoqlaring quyosh erur,
Yuzlaringni sevib qoldim. {x2}

Ko`zlar olov, kipriklar o`q,
Yuragimni yondirar cho`g`,
Endi menda halovat yo`q,
Sevib qoldim, sevib qoldim.

Hey, ko`zlar olov, kipriklar o`q,
Yuragimni yondirar cho`g`,
Endi menda halovat yo`q,
Sevib qoldim, jonim, sevib qoldim.

Sevib qoldim, sevib qoldim,
Sevib qoldim, sevib qoldim,
Sevib qoldim, jonim, sevib qoldim,
Sevib qoldim, sevib qoldim.

Sevib qoldim, sevib qoldim... {x6}

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]