Bojalar guruhi - Yona-yona qo'shiq matni
[Jamshid Shokirov]
 Ikki ko`zi yovdir beomon,
 Ko`ra olmay bir-birin inson.
 Shayton yo`liga kirgan zamon,
 Tavba qilolmas hali-hamon.
Hech o`ylamay, to`g`ri so`zlamay,
 Insonligin unutgan.
 Yaxshi-yomonni ko`ra olmay,
 Yo`ldan adashgan.
[Bojalar guruhi]
 Yona-yona bag`ringda to`lar, yona-yona,
 Yona-yona bag`ringda to`lar, yona-yona. (x2)
[Jamshid Shokirov]
 Firibgarlik qilganda inson,
 Xiyonatda doim yonma-yon,
 Hech boqmaydi orqasi tomon,
 Boshin urib yig`lar hamon.
Boshing egib, afsus chekib,
 Qilma pushaymon.
 Yaxshilik qil, hamon kech emas,
 Qilmaysan armon.
[Bojalar guruhi]
 Yona-yona bag`ringda to`lar, yona-yona,
 Yona-yona bag`ringda to`lar, yona-yona. (x2)
Firibgarlik ostonasidan qadam bosgan inson
 Misoli bir “подвал”dagi kalamushga o`xshaydi.
 Bu insonlar ota-onasini norozi qilgan
 Sudxo`rlardan ham battaroq insonlarga o`xshaydi.
Firibgar bo`lmagin aslo, san ham firibgar,
 Firibgar, firibgar.
 Firibgar, arosatdasan doim, firibgar,
 Bo`lmagin firibgar.
[Jamshid Shokirov]
 Boshing egib, afsus chekib,
 Qilma pushaymon.
 Yaxshilik qil, hamon kech emas,
 Qilmaysan armon.
[Bojalar guruhi]
 Yona-yona bag`ringda to`lar, yona-yona,
 Yona-yona bag`ringda to`lar, yona-yona. (x2)
Firibgar...

