Shoxrux - Bachkana qo'shiq matni
Kamchilik, hamisha qorin och bolalar,
Za*ta mahalla ko`chalaridan ular.
Kambag`al, peshona yozilgan “dolya”,
Ota bilmagan, ona ko`rmaganlar.
Badani yag`ir, kasali kammas,
Tibbiy yordamiga har-biri muhtoj.
Sadaqa olgan, yalinib bo`lsada harna,
Ochligidan o`g`irladi noiloj.
Amallab kun o`tkazganlar,
Qamalib achinganlar,
Yiqilib qayta turganlar,
Bag`ishladim ashula! (x2)
Bachkana bo`lgan va'dalar kunda,
Xalq qulog`iga nimalarni osgan.
Tilla tishini ochib, tirjayib turgan,
“Maska”ni kiyib, u da'vat boshlagan.
Soddami odam, yumshoq paxtamasmu,
Suv shimganidek yolg`onni emasmu?
Bechora kimki o`ylasa xuddi
Tashqari Xudodan, hayotingga jon berdi.
Bechora kimki...
Tashqari Xudodan, hayotingga jon berdi.
Amallab kun o`tkazganlar,
Qamalib achinganlar,
Yiqilib qayta turganlar,
Bag`ishladim ashula! (x4)
Bag`ishladim, bag`ishladim ashula...
Bag`ishladim, bag`ishladim ashula...
Bechora kimki...