Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Tohir Sodiqov - Yog'sin yomg'ir tonggacha qo'shiq matni

Tohir Sodiqov - Yog'sin yomg'ir tonggacha qo'shiq matni

Tun uzayaver, bugun menga yordam ber,
Hamma ishga sen o`zing, qodirsan-ku bir o`zing.
Yomg`ir yog`aver, tinmay jala quyaver,
Tinib qolmagin aslo, ketmasin yonimdan u.

Tushim o`ngimga aylanganda undan meni ayirma,
Undan meni ayirma.

Yog`sin yomg`ir tonggacha, tonggacha, tonggacha,
Jala quysin ertagacha, ertagacha, xohlagancha.
Tong otganda sevgilim meniki bo`lib uyg`onsin,
Meniki bo`lib uyg`onsin yonimda, yonimda.

Soat shoshilma, tong otdi, deb jar solma,
Faqat bir kun, mayli bir zum, mayli bir zumga.
Jonim uyquda, uyg`otmagin behuda,
Tilagin sen bizga xayrli tunni yana.

Tushim o`ngimga aylanganda undan meni ayirma,
Undan meni ayirma.

Yog`sin yomg`ir tonggacha, tonggacha, tonggacha,
Jala quysin ertagacha, ertagacha, xohlagancha.
Tong otganda sevgilim meniki bo`lib uyg`onsin,
Meniki bo`lib uyg`onsin yonimda, yonimda.

Momaqaldiroq, gumburlagin qattiqroq,
U ketmasin yonimdan, ketolmasin yonimdan.
Chaqnagin chaqmoq, osmon bo`lsin yorqinroq,
U ketmasin yonimdan, ketolmasin yonimdan.

(Odamlarni uylaridan chiqarmagin sen aslo,
U ham qolsin mening yonimda, yonimda.)

Yog`sin yomg`ir tonggacha, tonggacha, tonggacha,
Jala quysin ertagacha, ertagacha, xohlagancha.
Tong otganda sevgilim meniki bo`lib uyg`onsin,
Meniki bo`lib uyg`onsin yonimda, yonimda. (x3)

Yog`sin yomg`ir tonggacha, tonggacha, tonggacha...

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]