Ziyoda - Otajon qo'shiq matni
Bu dunyo bir kammikan,
Oxiri alammikan? (x2)
Diydor ganimatmikan-ey,
Avval bilmadimmikan? (x2)
Otajonim, otajonim,
Yorug` jahonim.
Ortingizdan qoldimku men,
Qoldi armonim.
Ota, armonim, otajonim...
Faryod aylasammikan,
Dodlar aylasammikan?
Sizga parvona bo`lmay,
Xatolar ayladimmikan?
Men farzandlik burchlarin
Ado qilmadimmikan?
Bir shirin so`z aytib,
Sizni xabar olmadimmikan?
Otajonim, otajonim,
Yorug` jahonim.
Ortingizdan qoldimku men,
Qoldi armonim.
Boshginamni egdi g`am,
Nelar qilsam endi kam,
Ishongan bog`im ekansiz-ey,
Avval sezmadimmikan?
Otajonim, otajonim,
Yorug` jahonim.
Ortingizdan qoldimku men,
Qoldi armonim.
Mening mehribonim...
Читать также
Комментарии (0)