Botir Qodirov - Va'dalar qo'shiq matni

Va'dalar zanjirin osib bo`yningga,
Muhabbatdan olov soldim qo`yningga.
Beruxsat kiribman ko`ngil uyingga,
Dil izhor aylasam takror va takror.
Nechun sevganimga ishonmaysan jon,
Nechun sog`inganimga ishonmaysan yor?

Vasling uchun yana nima qilay ayt?
Jonimni tutaymu yoki bunday payt?
Ohlarim yetmasa, kamlik qilsa bayt,
Firoqing dastidan yuragim bemor.
Nechun sevganimga ishonmaysan jon,
Nechun sog`inganimga ishonmaysan yor?

Ozoring qalbimga otilgan o`qdir,
Qalbim ham kaftimda titragan cho`g`dir.
Armonning zarbiga bardoshim yo`qdir,
Oyog`im zir titrab, bo`ynimdadir dor.
Nechun sevganimga ishonmaysan jon,
Nechun sog`inganimga ishonmaysan yor?

Labimda sachrasa so`nggi so`zlarim,
Ishq deb ochiq ketsa giryon ko`zlarim,
Oshiqdan yodgordir qonli izlarim,
Endi ortga qaytmoq uning uchun or!
Nechun sevganimga ishonmaysan jon,
Nechun sog`inganimga ishonmaysan yor?

Va'dalar zanjirin osib bo`yningga,
Muhabbatdan olov soldim qo`yningga.
Nechun sog`inganimga ishonmaysan jon?

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]