Ilhom Farmonov - Ona qo'shiq matni

Nur to`la ko`zlarda ma'no ko`p,
Siz aytgan so`zlarda ma'no ko`p, (x2)
Siz kabi onalar bor yurtda
Olim ko`p, shoir ko`p, dono ko`p. (x2)

O`ttizga kirsak ham, ona, biz
Baribir siz uchun bolamiz.
Qirqqa kirsak ham, onajon,
Baribir siz uchun bolamiz.

Uzmayin duolar zanjirin,
Siylaysiz farzandlar har birin. (x2)
Kelinlik, kuyovlik bo`lsak ham,
Ko`rmaymiz mehringiz oxirin. (x2)

Qirqqa kirsak ham, ona, biz
Baribir siz uchun bolamiz.
Ellikka kirsak ham, onajon,
Biz baribir siz uchun bolamiz.

Quyoshsiz bizga nur ulashgan,
Tojimsiz boshimga yarashgan. (x2)
Avf eting e'tiborsiz qoldirib,
Bo`lsak biz salgina adashgan.

Oltmishga kirsak ham, ona, biz
Baribir siz uchun bolamiz.
Garchi shoh bo`lsak ham, ona, biz
Baribir siz uchun bolamiz.

Nur to`la ko`zlarda ma'no ko`p,
Siz aytgan so`zlarda ma'no ko`p,
Siz kabi onalar bor yurtda
Olim ko`p, shoir ko`p, dono ko`p.

Siz kabi onalar bor yurtda
Olim ko`p, shoir ko`p, dono ko`p.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь можно скачать бесплатно песню Ilhom Farmonov - Ona qo'shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Shahzoda - Ona qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:27Скачать
Manzura - Onalar qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:18Скачать
Yodgor Mirzajonov - Onalar qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:12Скачать
Shohruhxon - Sen arazlama go’zalim qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:03Скачать
Guli Asalxo`jayeva - Gulixonman qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:34Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.