Sherali Jo'rayev - Qoshi kamon qo'shiq matni

Egibdi qaddimni, tilib bag`rimni,
Egibdi qaddimni, tilib bag`rimni,
Bir kiprigi o`qli, qoshi kamonli,
Qoshi kamonli, qoshi kamonli.

Xiromon yurishli, nozli imoli,
Bir Ka'ba ziyorat, qiblanamoli,
Bir pari suvratli, malaksiymoli,
Bir jannat eshikli, a'lo makonli,
A'lo makonli.

Ko`zlari jon olar, jallod sarvimast,
Ko`zlari jon olar, jallod sarvimast,
Boqishi shiddatli, g`amzasi qonli,
G`amzasi qonli, g`amzasi qonli.

Xiromon yurishli, nozli imoli,
Bir Ka'ba ziyorat, qiblanamoli,
Bir pari suvratli, malaksiymoli,
Bir jannat eshikli, a'lo makonli,
A'lo makonli.

Bir nozik kamonli, bir nozik ishli,
Gap-so`zlari shirin, shakar kulishli,
Bir xumor boqishli, durdona tishli,
Bir javohir so`zli, sadaf dandonli,
Sadaf dandonli.

Xiromon yurishli, nozli imoli,
Bir Ka'ba ziyorat, qiblanamoli,
Bir pari suvratli, malaksiymoli,
Bir jannat eshikli, a'lo makonli,
A'lo makonli. (x1+x1)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]