Yulduz Usmonova - Azizim qo'shiq matni

Sevgimiz o`ldimi, libosingiz ko`k,
Ko`nglingiz begulxan, ko`zingiz becho`g`.
Bizdan borish yo`qdir, sizdan kelish yo`q –
Kelishsiz dunyoda beg`am, azizim,
Nega ko`zlaringiz benam, azizim.

O`t yetdi – qaqshatdi band-bandlarimni,
Tuproqqa sochdingiz balandlarimni.
Aqlimni, dilimni – bebaxtlarimni,
Borishsiz dunyoga otgan, azizim,
Olisda oy kabi botgan, azizim.

Ammo siz sarg`aymang – gulli bog` bo`ling,
Yam-yashil ko`karing, mudom sog` bo`ling.
Bahorning bag`rida beadog` bo`ling –
Axir, qarg`aganim sizmas, azizim,
Ikki kuz dunyoga sig`mas, azizim.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]