Sherali Jo'rayev - El bilsa bo'ldi qo'shiq matni

Dilimning rangini gul bilsa bo`ldi, {x2}
Mening kimligimni el bilsa bo`ldi.

Olis yulduzlarga sirim aytmaram,
Nolishimni tonggi yel bilsa bo`ldi. {x2}

Ucharga har qushdan par so`ramadim, {x2}
Parvozlar hadisin dil bilsa bo`ldi.

Jaholat mehrobin qoshin o`pmadim, {x2}
O`shal bag`ritoshim til bilsa bo`ldi.

Dilimning rangini gul bilsa bo`ldi, {x2}
Mening kimligimni el bilsa bo`ldi.

Olis yulduzlarga sirim aytmaram,
Nolishimni tonggi yel bilsa bo`ldi. {x2}

Dilimning rangini gul bilsa bo`ldi,
Mening kimligimni el bilsa bo`ldi.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]