Tohir Mahkamov - Baxtsiz bo'ldik ikkimiz qo'shiq matni
Suyganimni shum taqdir,
 Begonaga uzatdi.
 So`ng berahm yangalar
 Yor-yor aytib kuzatdi. (x2)
Yonib-yonib kul bo`ldi
 Yuraklarda sevgimiz. (x2)
 Baxtin topgan kim bo`ldi,
 Baxtsiz bo`ldik ikkimiz. (x3)
Bu dunyoda muhabbat
 Kimlar uchun o`yindir.
 Qo`llarimda surating,
 Bugun sening to`yingdir. (x2)
Qaydan keldi, sevgilim,
 Ikkimizga bu jafo?
 Xayr endi, xushfe'lim,
 Dunyo o`zi bevafo.
Xayr endi, xushfe'lim,
 Dunyo o`zi bevafo.
Taxtin topgan kim bo`ldi,
 Taxtsiz bo`ldik ikkimiz.
Читать также 
				Комментарии (0)
				
