Shoxrux - Behayot qo'shiq matni
“Даже” “money-money” million ham,
Hayot tekin ekan, narhi kam.
Qani yana vaqtni qaytarsam,
Qani taqdiringni aldasam.
Lekin nega-nega oldindan
Hayot davomini fol ochsam,
O`sha zahot saning yoningda
Dushman o`qidan-o qaytarsam.
Katta yo`ldan o`tgan, chekkada qanotda,
Halifat nazari, lochin ko`zlari nari.
Yerlar zah, xo`l shamol nafasda,
Qadam oldim asta,
Jarohatdan yumgan ko`zini ulpadim, basda.
O`q tamom, soniya davom,
Do`stim yaxlagan badani yotdi vassalom.
Tomchilab ruhi dilini qoldiradi bo`m-bo`sh,
Qanidi man ham agar san bilan yondosh,
San bilan yondosh.
Kimlar bilan yurib, adashib,
Nimalar qilding o`zing?
Kimlar bilan yurib, adashib,
Umringni nima qilding? (x2)
Toshdi, jahl to`lib oshdi,
Qonda rosa yondirar qasam.
Bir o`zing yagona, hayoting davomi dona,
Milliondan tanlash kerak sonda.
Havotirda ona, bir o`zi yagona,
Eshik ostida kutganlar,
Tonggacha ko`z yummaganlar.
Afsus, eng yaqin o`rtoq
Ko`chada benafas, behayot halok,
Behayot halok.
Kimlar bilan yurib, adashib,
Nimalar qilding o`zing?
Kimlar bilan yurib, adashib,
Umringni nima qilding? (x2)
Yumganimda ko`zimni (rostdan-rostdan)
Esladim hayotimiz, (pasda-pasda)
Sho`x bolalagimizni, (do`stim-do`stim)
Daydi kechalarimiz. (tepada-tepada)
Shirin hayot havaslab, (rostdan-rostdan)
Achchiq kunlarga chidab. (ayamasdan)
Har kuni sog`inaman, (do`stim-do`stim)
Sanga salom do`stlardan.