» » Sherali Jo'rayev - Tashvishi sultondadur qo'shiq matni

Sherali Jo'rayev - Tashvishi sultondadur qo'shiq matni

Bu jahon mezbon, tiriklar barchasi mehmondadur,
Bilki, dehqon zahmatining mahsuli xirmondadur.
Tinchligu to`qlik navosi nay bilan chirmandadur,
Har qarich yer, tomchi suvning tashvishi insondadur,
Qo`zg`olib turgan bu olam tashvishi sultondadur.

Ushbu olam barchamizga ko`hna mehmonxonadur,
Kimga ayshu ishrat o`lsa, kimsaga g`amxonadur,
Haq yo`lin topmay birovlar bunda ko`p hayronadur,
Desam aytdi: “Bu zamin barchamizga onadur”.
Haq yo`lin topmay birovlar bunda ko`p hayronadur,
Desam aytdi: “Bu zamin barchamizga onadur”.
Qo`zg`olib turgan bu olam tashvishi sultondadur,
Har qarich yer, tomchi suvning tashvishi dehqondadur.

Ushbu olam orzusi senda ham bordur axir,
Ushbu olam orzusi barchada bordur axir,
Orzuing yer yuzida yoki keng osmondadur.
Balki gul yuz suhbatidur yoki yallodir gapir,
Desam aytdi: “Orzuim qizu o`glonimdadir”,
Ushbu xislatkim bobolardan meros qondadur.
Har qarich yer, tomchi suvning tashvishi insondadur,
Qo`zg`olib turgan bu olam tashvishi sultondadur.

Kimsalar bor, {x2} el g`amini o`zidan ustun qo`yar,
Uyqusiz tunlarda el deb qilni qirq mingga bo`lar. (x2)
Buncha zahmat chekmagingni ey birodar, kim bilar?
Desam aytdi: “Bilsa bilsin, bilmasa tangrim bilar”.
Har qarich yer, tomchi suvning tashvishi dehqondadur,
Tinchlik yo`q ushbu olam tashvishi sultondadur.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь можно скачать бесплатно песню Sherali Jo'rayev - Tashvishi sultondadur qo'shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Bojalar guruhi - Sivilizatsiya qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 21:30Скачать
Shoxrux - Samba qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:05Скачать
Sherali Jo`rayev - Keldi bahor qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:00Скачать
Malika Egamberdiyeva - O’rik gullaganda qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:42Скачать
O'ktam Mo'minov - Tashvishi 128 kbps12-01-2015, 20:38Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.