Yulduz Usmonova - Bilaman qo'shiq matni

Bizni rashk ayirgan edi asli,
Dilda sog`inchlar zahri.
Unut o`rtadagi gumonlarni
Asl sevgimiz haqqi.

Bilaman,
Eng yorqin kunlarim sen bilan, bilaman,
Xatolarim kechirolmassan, bilaman,
Balki yo`lingdan ham qaytmassan, bilaman.

Bilasan,
O`zingdan o`tgan dardni o`zing bilasan,
G`ururing yo`l bermaganin ham bilasan,
O`zingdan ham xatolar o`tgan, bilasan.

Xafa bo`lma, sevgilim,
Bilib-bilmay diling og`ritdim.
Men senga kerak kunim
E'tiborsiz olisga ketdim.
Mana turibman qadring bilib,
Qarshingda bir o`zim.
Kecholmadim, ketolmadim.

Nima qilay, o`zim ketib,
Qalbim aslo kechmas sendan,
Sevaman, qanday sevgan bo`lsam
O`sha birinchi kundan.
Kel yonimga, endi so`roq qilib,
Sevgimiz qiynama.
Kecholmadim, ketolmadim.

Esda qolar ekan birinchi kun,
Yod et sevgimiz haqqi.
Go`zallarni ko`p ko`rdim dunyoda,
Lek tanhosan, sevgilim.

Bilaman,
Eng yorqin kunlarim sen bilan, bilaman,
Xatolarim kechirolmassan, bilaman,
Balki yo`lingdan ham qaytmassan, bilaman.

Bilasan,
O`zingdan o`tgan dardni o`zing bilasan,
G`ururing yo`l bermaganin ham bilasan,
O`zingdan ham xatolar o`tgan, bilasan.

Xafa bo`lma, sevgilim,
Bilib-bilmay diling og`ritdim.
Men senga kerak kunim
E'tiborsiz olisga ketdim.
Mana bugun turibman qadring bilib,
Qarshingda o`zim.
Kecholmadim, ketolmadim.

Nima qilay, o`zim ketib,
Qalbim aslo kechmas sendan,
Sevaman, qanday sevgan bo`lsam
O`sha birinchi kundan.
Kel yonimga, endi so`roq qilib,
Sevgimiz qiynama.
Kecholmadim, ketolmadim.

Bilaman,
Eng yorqin kunlarim sen bilan, bilaman,
Xatolarim kechirolmassan, bilaman,
Balki yo`lingdan ham qaytmassan, bilaman.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]