Muhriddin Xoliqov - Qishloqdagi qiz qo'shiq matni
Kechagina qishloqdagi qizlarning bari
Menga sirli qiyo boqib qarashardi.
Qaramasa uylariga tunda borib,
Toshlar otib qochar edim, yarashardi.
Sahargacha atrofida aylanishib,
Dilxun uyga qaytar edim, bilishardi.
Kimni kutib turibdi bu yigitcha deb,
Devor osha mo`ralashib kulishardi.
Bugun esa bo`z yigitman, bo`zlaganim
Bolaligim olislarda qolib ketdi.
Bir qishloq qiz orasida tanlaganim
Barmog`iga tilla uzuk taqib ketdi.
Kechagina qishloqdagi qizlarning bari
Menga sirli qiyo boqib qarashardi.
Qaramasa uylariga tunda borib,
Toshlar otib qochar edim, yarashardi.
Qizlar endi devor osha mo`ralashib,
Kimni kutib turibsiz, deb so`rashmaydi.
Ketolmayman, bir hovliga o`ralashib,
Toshlar otib qochay desam yarashmaydi.
Kechagina qishloqdagi qizlarning bari
Menga sirli qiyo boqib qarashardi.
Qaramasa uylariga tunda borib,
Toshlar otib qochar edim, yarashardi.
Kechagina qishloqdagi qizlarning bari
Menga sirli qoshlar qoqib qarashardi.
Qaramasa uylariga tunda borib,
Toshlar otib qochar edim, yarashardi.