Lola - Imkon ber qo'shiq matni
Sevgim dengiz kabi toshdi,
 Bag`ringga intildi, nega jonim mahzun?
 Sevgim, darding olay o`zim, achinadi qalbim,
 Nega diling mahzun, jonginam?
Ber, imkon ber, hayoting nurga to`lishiga,
 Men, yoningda men faqat seni deb yashashda.
 Ber, imkon ber, sen bilan baxtli bo`lishga,
 Sevgimiz dengizday bardoshli bo`lar barcha sinovga.
Bugun, balki erta tongda
 Sen yulduz, men oyga uchamiz shamolday.
 Sevgim, nega, axir nega ishonmaysan baxtga,
 Nega diling mahzun, jonginam?
Ber, imkon ber, hayoting nurga to`lishiga,
 Men, yoningda men faqat seni deb yashashda.
 Ber, imkon ber, sen bilan baxtli bo`lishga,
 Sevgimiz dengizday bardoshli bo`lar barcha sinovga.
Azobli bu dunyoda
 Sen armonga to`lma, jonginam.
 Men sening yoningda,
 Asrayman seni o`zim, jonginam.