Ummon - Yordam ber qo'shiq matni
Men shunchaki telbaman sening ishqingda,
Sen men uchun dunyosan, men sen uchun hech kim.
Qanchalar og`ir bilsang, buni bilib yashash,
Kechib ketsam deyman, lek qo`limdan kelmas.
Men shunchaki telbaman, bir kun bo`laman judo,
Men shunchaki chetdaman, lek e'tibordaman go`yo.
Nega aynan men, nega boshqamas?
Qo`llarimni cho`zsam, qo`ling berging kelmas.
Yordam ber, yordam ber, qo`llaringni uzat,
Yordam ber, yordam ber, dardlarimni tuzat.
Yordam ber, yordam ber, qo`llaringni uzat,
Yordam ber, yordam ber, dardlarimni tuzat.
Telbamanmi yoki nima deb atay,
Tushlarimda mandan qochasan, netay?
Bilaman, sani ertami kech yo`qotaman,
Keyin bir umr sani sog`inib o`taman.
Yonimda turibsanu, kelajagimda yo`qsan,
O`tmishimga aylanib bormoqdasan.
So`nggi payt manga e'tibor bermay qo`yding,
Erkalasam xursand bo`larding, bo`lmay qo`yding.
Jonimdan o`tib ketdi har kuni ertalab
Uyg`onganda o`zimni yomon his qilish.
Qanchalar qiyin sevgan insoningni asta-sekin yo`qotish,
Oddiy oilaning bolasi bo`lish.
Ayt, man ilojini topa olmayapman,
Nima qilay, ayt o`zing?
Qo`llarimni uzatsam yetmayapti,
Ber yordam, uzat sen ham qo`llaring.
Yordam ber, yordam ber, qo`llaringni uzat,
Yordam ber, yordam ber, dardlarimni tuzat.
Yordam ber, yordam ber, qo`llaringni uzat,
Yordam ber, yordam ber, dardlarimni tuzat.