Xushnud - Ajoyib kechada qo'shiq matni

Ajoyib kechada lablaringni
Qo`msar yana lablarim, u-o`-o`,
Istaklarim, chin so`zlarim.
Shamollar iforingni taratar
Seni qo`msaganimda, u-o`-o`,
Sog`inganimda kimga ham aytay?

Ko`zlarim ochganda tursang yonimda,
So`zlarim aytganda tursang yonimda,
Bilginki keragimsan, yagonamsan, tilagimsan,
Sensiz vaqt yurmaydi, yuragim ham urmaydi.

Ajoyib kechada lablaringni
Qo`msar yana lablarim, u-o`-o`,
Istaklarim, chin so`zlarim.
Shamollar iforingni taratar
Seni qo`msaganimda, u-o`-o`,
Sog`inganimda kimga ham aytay?

Qaniydi qo`llaring tursa qo`limda,
Bo`lsayding sen ham bu taqdir yo`limda,
Bilginki orzuyimsan, erka kichkintoyimsan,
Sensiz vaqt yurmaydi, yuragim ham urmaydi.
Gullar ham unib, bahor faslini sog`inar,
Sen bilan, tushungin, yuragim ovunar.

Ajoyib kechada lablaringni
Qo`msar yana lablarim, u-o`-o`,
Istaklarim, chin so`zlarim.
Shamollar iforingni taratar
Seni qo`msaganimda, u-o`-o`,
Sog`inganimda kimga ham aytay?

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]