Bojalar guruhi - Uchaman qo'shiq matni
Manzilim Gruziya, poytaxt Odessa,
Samolyotda manga sherik go`zal styuardessa.
Hamma-hammaga qarab, xush kelibsiz desa,
Rashkim keldi, bu o`zi qanaqa “профессия”?
Aqlli qiz begonaga qotiradi ensa,
Mana bu go`zal esa kulib turaversa!
O`sha go`zal aqlim oldi yana bitaversa,
Hamma shoshib uchadi, men esa bir chetda.
Bo`yningdagi saning ro`moling
Atirgulning hidin eslatadi.
Man o`zim bo`lay xumoring,
Ortingdan qolmay bo`larman ado.
Man va san...
Man, man, man, man uchaman sevgi fazosida,
Man, man, man, man uchaman ishq samosida.
Man va san – bu kelajak, u-o`-o`-o`,
San, san, san, san, san, san, san bo`lasan
Go`zal kelinchak.
O`ziga rom qilgan qandayin qiz bu,
Qop-qora ko`zmunchoq, porlagan ko`zmi?
Tillaridan aytilgan eng shirin so`zmi,
Dillarini kuydirgan yuzlari qirmizmi?
Ismlari bo`lsa kerak Jasmin yoki Oygul,
Roziman bo`lsa mayli hattoki Shirmoygul.
Bir pasda xafa bo`lma, axir bu hazilku,
Tabassuming ko`ray deb sadpora bo`ldimku.
Bo`yningdagi saning ro`moling
Atirgulning hidin eslatadi.
Man o`zim bo`lay xumoring,
Ortingdan qolmay bo`larman ado.
Man va san...
Man, man, man, man uchaman sevgi fazosida,
Man, man, man, man uchaman ishq samosida.
Man va san – bu kelajak, u-o`-o`-o`,
San, san, san, san, san, san, san bo`lasan
Go`zal kelinchak.
Panama shapka, voy-yo`, yurishlarga gap yo`q,
Qo`lda gitara, voy-yo`, Regittonku bu, voy-yo`-yo`.
Qara bizda fara, chalaman gitara,
Saning yoninga hijolat Morena Klara.
Bo`laman ado, qilmagin judo,
Qo`shig`imda ma'no yo`q, voy-yo`-yo`.
Man va san...
Man, man, man, man uchaman sevgi fazosida,
Man, man, man, man uchaman ishq samosida.
Man va san – bu kelajak, u-o`-o`-o`,
San, san, san, san, san, san, san bo`lasan
Go`zal kelinchak.