Bojalar guruhi - Tush qo'shiq matni

Qora karvon did bilan bezatilgan,
Ortiqcha narsa yo`q.
Rangi to`q qizil, charm salon egnida,
Mashinaga gap yo`q.
Yuzi, ko`zi, nafasi go`zal janona bilan
Sayr qilib yurganda uyg`onib ketsa,
Yomon alam qilarkan!

Ko`rdim tush, tushimda ko`rganim o`ngimga o`xshar,
Yoki tushda ko`rganim rost, o`ngim adashar.
Parishon bu holatim bilmay o`ylamoqdaman,
Mashinadagi janonani eslamoqdaman.

Man xuddi haliyam uxlamoqdaman,
Moviy ko`zlariga sekin qaramoqdaman.
Sokin musiqa sadosi og`ushida
Mashinanimas janonani eslamoqdaman.

Tush bo`lsa nima bo`pti?
Bo`ladigan ish baribir bo`la bo`pti.
Ey nima bo`lsa bo`lsa ham mayli,
O`sha qiz yoqqan bo`lsa bo`ldi.

Uyg`ongan bo`lsa nima bo`pti?
Bekordan bekor uyg`onmabdi.
Demak tushda ko`rgan qizni
Rostdan sevib qolibdi.

Man xuddi haliyam uxlamoqdaman,
Moviy ko`zlariga sekin qaramoqdaman.
Sokin musiqa sadosi og`ushida
Mashinanimas janonani eslamoqdaman.

(San xuddi haliyam uxlamoqdasan,
Moviy ko`zlariga sekin qaramoqdasan.
Mana shu musiqa sadosi og`ushida
Mashinadagi janonani o`ylamoqdasan.)

Man xuddi haliyam uxlamoqdaman...





Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Bojalar guruhi, Shohruhxon - Bo'ydoq qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 21:20Скачать
Tohir Sodiqov - So’nggi oqshom qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:30Скачать
Umidaxon - Mambo qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:09Скачать
Radius 21 - Dubay qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:52Скачать
Kamoliddin Mirsoliyev - Moviy moviy128 kbps25-06-2015, 18:17Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.