» » Sherali Jo'rayev - Qatoringda nor bo'lsa qo'shiq matni

Sherali Jo'rayev - Qatoringda nor bo'lsa qo'shiq matni

Yuking yerda qolmag`ay, qatoringda nor bo`lsa,
Aro yo`lda qolmaysan, do`stu-yoring bor bo`lsa.
Sevib-sevib olganing go`zal, betakror bo`lsa, {x2}
Oltinu zar ko`rinmas yoningda shu yor bo`lsa. {x2}

Oqibatli qarindosh ajralmagay ming yilda,
Me'roj otang boshida, jannat onang poyida.
Ketsa agar topmassan yuz-ming yilda joyida,
Oyog`idan tut doim, ota-onang bor bo`lsa. {x2}

Belingda kuch borida oilangni shod ayla,
Qo`yningdagi haloling ko`nglini obod ayla,
Farzanding-chun Allohdin baxt tilab faryod ayla,
Inson nomi o`chmagay o`g`il-qizi bor bo`lsa. {x2}

Hisobini bilmasang tijorating mo`l bo`lmas,
O`ylamasdan qo`yilgan qadamlaring yo`l bo`lmas.
Kelinlari tul bo`lmas, o`g`lonlari qul bo`lmas,
Yurt tinchligi buzilmas hukmdori xushyor bo`lsa,
El tinchligi buzilmas hukmdor xushyor bo`lsa.

Vatan deb oh urmakni vatansizdan so`rab ko`r,
Vatanini sotmakni iymonsizdan so`rab ko`r.
Vatanga yov ko`z tiksa, iymoningni sinab ko`r,
Vatan qo`ldan ketmagay o`g`lonlari bor bo`lsa. {x2}

Tangri o`zi bermasa, zar bersangda bor bo`lmas,
Tangri aziz etganlar ikki dunyo xor o`lmas,
Ishlari bekor o`lmas, {x2} nomardlarga zor o`lmas,
Dunyo ko`zga tor o`lmas Tangri madadkor bo`lsa.

Yuking yerda qolmag`ay, qatoringda nor bo`lsa,
Sevib-sevib olganing go`zal, betakror bo`lsa,
Oltinu zar ko`rinmas yoningda shu yor bo`lsa. {x2}

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь можно скачать бесплатно песню Sherali Jo'rayev - Qatoringda nor bo'lsa qo'shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Lola Ahmedova - Yurtdan ayrilma qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 21:36Скачать
Ozodbek Nazarbekov - Sening darding qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:21Скачать
Zulayho Boyxonova - Mehribon onang bo`lsa qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:15Скачать
Azim Mullaxonov - Mehribon ona qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:23Скачать
Sherali Jurayev - Qatoringda nor bo'lsa128 kbps2-01-2015, 12:04Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.